AsosiyShou-biznes

O`zgacha bolalardan o`zgacha tadbir!

Toshkent shahridagi 52-ixtisoslashtirilgan maktabda 4-mart kuni “Oila – ma`naviyat o`chog`i” deb nomlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirda o`quvchilar va o`qituvchilar bolalarning onalariga ajoyib bayram konsertini tuhfa etdilar.

Tadbir pazanda qizlar tanlovi bilan boshlandi. 5-sinfdan 9-sinfgacha bo`lgan jamoalar taom pishirish/tayyorlashda mahoratlarini sinash uchun maktab oshxonasiga yo`l oldilar. O`quvchi qizlarning yoshiga moslab vazifalar berildi.

Tomoshabinlarga yurak shaklidagi otkritkalar tarqatilib, ularga o`z niyatlarini yozib berishlarini so`rashdi.

Orzular, tilaklar bitilgan nomalar ijobat bo`lishi uchun yaxshi niyatlar bilan onalar beshik-yopg`ichning cho`ntakchasiga solib qo`yishdi.

Konsert dasturi mana bunday raqs bilan ochildi. Bu dastaning nomi nima deb so`yrayapsizmi? Bular mana shu maktabning yosh muallimalari. Serg`ayrat, shijoatli ustozlar o`z san`atlari bilan  o`tirganlarni hayratga solishdi.

Maktabning eng jajji  qizaloqlari “Qo`g`irchoq” sahnasini ijro etib berishdi.

“Bahor” raqsi

“Onajon” qo`shig`i duetda ijro etildi

O`g`il bolalar raqsda qizlardan qolishmadi. Balli, yigitlar!

Shu maktabga kelib yurib ketgan o`quvchi bilan vals hech kimni befarq qoldirmadi. Bu JASORATLI bola sahnaga chiqishga o`zida kuch topgani-chi? Mana sizga matonat darsi!

Bu shu maktabning yana bir o`qituvchilaridan biri, yosh ona va nihoyat go`zal raqqosa. Dekret ta`tilida bo`lishiga qaramay, tadbirda raqs tushib berish uchun kelibdi. Unga qo`shilib, mehmonlar ham qanday qilib davraga chiqib ketganlarini bilmay qolishdi.

“Echki va etti uloqcha” ertagining ko`plab postonovkalarini ko`rgandirsiz. Ammo bunisi o`zgacha! Ona echki, etti nafar uloqcha va bo`ri rollarini “shamsiya bolalari” (Daun sindromi bilan xastalangan kichkintoylar) ijro etishdi.

    Boshqa yangiliklar