AsosiyJamiyat

Samarqand shahar IIBga yangi rahbar tayinlandi

O`zbekiston IIV rahbari buyrug`i asosida bir qator viloyatlar va tumanlarda IIB boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Kun.uz “Postda” gazetasi ma`lumotlari asosida xabar berdi.

Buyruqqa ko`ra, podpolkovnik Bahodir Abdullaevich Bahromov Samarqand viloyati, Samarqand shahri IIB boshlig`i lavozimiga tayinlangan. Yana bir podpolkovnik Rasuljon Turdimurodovich Kenjaev esa Sirdaryo viloyati, Shirin tumani IIBga boshliq sifatida tayinlangan.

Podpolkovnik Tohir Saidovich Azimov O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig`ining o`rinbosari (shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig`i lavozimiga), podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo`jaev Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari (tergov boshqarmasi boshlig`i lavozimi) etib tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Zafar Qodirjonovich Alimov Farg`ona viloyati IIB boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Shuhrat Temurov Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani IIB boshlig`i lavozimiga, podpolkovnik Jahongir Hasanov Farg`ona viloyati, Furqat tumani IIB boshlig`i lavozimiga, mayor Istam Eshmamatov Termiz temir yo`l bekatidagi tarmoq IIB boshlig`i lavozimiga, kapitan Farrux O`ktamjonovich Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar