AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir institut tashkil etildi

'O`zbekistonda yana bir institut tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qoraqalpog`iston tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog`iston tibbiyot institutini tashkil etiladi. 

Institutga qabul har yili belgilanadigan O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yo`li orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar