Turkiya O`zbekiston va Qirg`izistonga koronavirus xavfini tezkor aniqlab beradigan mahalliy detektorlani etkazib beradi.
Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko`janing so`zlariga ko`ra, detektorlar 99,6 % aniqlikda ishlaydi.
Detektorlar to`plami JSST ma`lumotlari asosida ishlab chiqarilgan va u 90-120 daqiqada natijalarni aniqlab beradi. Bu Germaniya yoki Fransiyada ishlab chiqarilganlaridan yaxshiroq deyilmoqda xabarda.
O`zbekiston va Qirg`iziston 10 mingta to`plamga buyurtma bergan. Ular yaqin orada etkazib berilishi kutilmoqda.






