AsosiyJamiyat

Ana xolos! 2019 yilda respublika bo`ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo`shib yozilgan

'Ana xolos! 2019 yilda respublika bo`ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo`shib yozilgan'ning rasmi

2019 yilda respublika bo`ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo`shib yozilgan. Shundan 120,6 ming tonnasi paxta ishlab chiqarishlari va klasterlari hissasiga to`g`ri keladi.

O`zbekistonda «paxta ishi» va qo`shib yozishlar hamon davom etmoqda. Xususan, Kun.uz tahririyatiga kelib tushgan ma`lumot, respublikaning Surxondaryo, Farg`ona,Toshkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlarida «Paxta-2019» mavsumida yirik miqdorda ko`zbo`yamachiliklar bo`lganini ko`rsatmoqda.

Hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil qilinganda:

Surxondaryoda 71,9 ming tonna (26,5 foiz);

Farg`onada 37 ming tonna (15,5%);

Toshkentda 22,9 ming tonna (10,4%);

Jizzaxda 7,7 ming tonna (3,7%);

Namanganda 2,6 ming tonna (1,3%);

Andijonda 0,821 ming tonna (0,3%) paxta xomashyosi haqiqatda qabul qilinganga nisbatan ko`p ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar