AsosiyJamiyat

Farg`onada o`tkazilgan musobaqada sportchilar o`rtasida mushtlashuv yuz berdi

'Farg`onada o`tkazilgan musobaqada sportchilar o`rtasida mushtlashuv yuz berdi'ning rasmi

Joriy yilning 14fevral kuni soat 12:50 larda Farg`ona ixtisoslashtirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatida o`tkazilayotgan sport musobaqasida 18 yoshli J.X., va 20 yoshli T.K., lar o`rtasida o`zaro janjal yuzaga keldi. Bu haqda  Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Buning oqibatida J.X., tan jarhati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg`ona filialiga murojaat qilgan.

Dastlabki tibbiy ma`lumotnomaga ko`ra fuqaro J.X., bosh qismidan “engil” tan jarohat olganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB 4-sonli IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Janjal kelib chiqishining sabablari o`rganilib, natijasi buyicha ko`shimcha xabar beriladi
                           

                  

    Boshqa yangiliklar