AsosiyJamiyat

Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga ko`maklashuvchi «YE Generator» biznes-inkubatori ish boshladi

'Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga ko`maklashuvchi «YE Generator» biznes-inkubatori ish boshladi'ning rasmi

Bugun, 15 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida «Young Entrepreneurs Generator» («YE Generator») nomli biznes-inkubator o`z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.  

Unda Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Innovasion rivojlanish, Moliya vazirliklari, Islom taraqqiyot banki, Savdo-sanoat palatasi mutasaddi xodimlari, MDH Innovasiyalarni tijoratlashtirish markazi, Qozog`iston innovasion tadbirkorlikni rivojlantirish fondi vakillari, tadbirkorlar, Avstriya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya professor-o`qituvchilar, talaba-yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

«Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubatorini tashkil etishdan maqsad — yoshlarda startap va biznes loyihalarni amalga oshirish bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish, ular uchun seminar-treninglar va muvaffaqiyatga erishgan tardbikorlar, kompaniya rahbarlarining mahorat darslarini tashkil etish hamda biznes loyihalarini tijoratlashtirish bo`yicha investorlarni topishga ko`maklashishdan iborat.

«YE Generator»ning e`tibori birinchi navbatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga qaratiladi, ammo keyinchalik biznes-inkubatorda o`z ishini boshlamoqchi bo`lgan barcha tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratiladi.  

Dastlabki bosqichda talabalarning g`oyalaridan tayyor biznes-reja shakllantiriladi. O`qitish, mentorlik orqali va malakali mutaxassislarning ko`magida yoshlar o`z loyihalarini ro`yobga chiqara boshlaydilar.  

Biznes-inkubatorda mamlakatimiz va chet elda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil qilinadi. Yakunlangan va bozorga chiqish uchun tayyor bo`lgan biznes loyihalar mahalliy hamda xorijiy investorlarga namoyish etiladi va sarmoya jalb qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar