Tergov bo`limi o`g`irlik jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan fuqaro X.M jarima maydonchasida saqlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollari hamda umumiy narhi 4 mln so`m bo`lgan mayishiy texnika vositalarini pora sifatida berishni taklif qilayotganligi ma`lum bo`ldi.
Bu haqda Andijon viloyati, Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi boshlig`i 2020 yil 11 fevral kuni Andijon viloyati IIB rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Ushbu bildirgi yuzasidan, 2020 yil 11 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Andijon viloyati bo`yicha bo`limi va Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. O`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Paxtaobod tumanida yashovchi X.M jarima maydonchasida saqlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomashinasini chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollari hamda 1 dona “Kara” rusumli laminator, 1 dona “Epson” rusumli printer va 1 dona “Beng” rusumli monitorni IIB xodimga pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, X.M.ga nisbatan shu kunining o`zida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






