Bugun 16 fevral kuni soat 07:30 larda Sergeli tumani Choshtepa ko`chasida Yangiyo`llik O.A. “VAZ-2106” da harakatlanayotib rul boshqaruvini yo`qotgan.
Natijada yo`l chetida joylashgan uyning devoriga urilgan. Shundan so`ng, Yangiyo`l tumanida yashovchi R.Sh. “Lasetti”sida harakatlanib kelib “Vaz 2106” rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar S.I. va M.N.lar voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan.






