Joriy yilning 14 fevral kuni telegram kanali orqali Sherobod tumanidagi maktabdagi muammolar yoritilgan maqolada keltiriligan masalalar Surxondaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligi ma`lum qilinmoqda.
Murojaat Sherobod tumani xalq ta`limi bo`limi xodimlari tomonidan o`rganildi. Tumanidagi 19-sonli maktab binosi 1974 yilda 624 o`ringa mo`ljallab qurilgan. Hozirda maktabda 716 nafar o`quvchilarga 2 navbatda ta`lim berib kelinmoqda.
Maktab binosi 2017 yilda joriy ta`mirlangan bo`lsada, ushbu hududdagi erlarning meleorativ holati yomon bo`lganligi sababli maktab binosi xozirgi kunda kapital ta`mirga muxtoj holatga kelib qolgan.
2019 yilda mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan maktabga 350 mln so`mlik 124 o`rinli yangi o`quv binosi qurilishi rejalashtirilib, boshlang`ich qurilish ishlari bajarilgan. Ammo hozirda mazkur qurilish ishlari mablag` ajratilmaganligi sababli to`xtatib qo`yilgan.
Maktab binosining videolavhada ko`rsatilgan qismi maktabning orqa tomonida joylashgan va foydalanishga yaroqsiz bo`lganligi sababli yopib quyilgan. Hozirda ushbu xonadan ko`mirxona sifatida foydalanib kelinmoqda.
Ushbu bilan Sherobod tumanidagi 19-sonli maktab binosini mahalliy buyudjet mablag`lari hisobidan kapital ta`mirlash yuzasidan taklif kiritilishi viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan nazoratga orlinganligini ma`lum qilamiz.