2019 yil 15 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B.ning uyali telefonidagi “Telegram” ijtimoiy tarmog`ining “Jesco aksiyasi” guruhidan unga “Siz 75 ming so`m pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz” degan sms xabari keladi.
Ushbu xabar orqali M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqami aniqlanadi. Biroq uning plastik kartochkasiga pul mablag`i tushmaydi, aksincha, 868 ming so`m echib olinadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
IIV fuqarolardan internet ijtimoiy tarmoqlarida e`lon qilinayotgan turli aksiyalarga ishonmasliklarini, o`zlari tanimagan-bilmagan shaxslarga bank plastik kartalarining seriya raqamlari va kodlarini aytmasliklarini so`ramoqda.