Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati Denov tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda, tumanda istiqomat qiluvchi R.U.ning yonidan 5 dona 0,25 gr “Tramadol” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
2020 yilning 14 fevral kuni R.U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1- va 2-qismlarinng “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






