AsosiyJamiyat

Oltinsoydagi to`qnashuv yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

'Oltinsoydagi to`qnashuv yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi'ning rasmi

Avvalroq, Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o`rtasida to`qnashuv kelib chiqqanligi to`g`risidagi holat yuzasidan IIV izoh bergandi. Bu voqea haqida Bosh prokuratura ham munosabat bildirdi:

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida o`tkazilgan monitoring davomida “Oq-oltin manzarasi” fermer xo`jaligiga qarashli paxta va g`allaga mo`ljallangan ekin er maydonining jami 0.39 gektari 6 nafar fuqarolar tomonidan o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olinganligi, 235.35 kv.m. maydonida esa yashash imkoniyati mavjud bo`lmagan uy-joy binolari qurib olinganligi aniqlandi

Holat bo`yicha 2020 yil 8 fevral kuni ishchi guruh a`zolari: tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig`i, er resurslari va davlat kadastr bo`limi boshlig`i va boshqalar tomonidan noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga ushbu er maydoni fermer xo`jaligi tasarrufida ekanligi ma`lum qilinib, fuqarolarning o`z hisoblaridan o`zboshimchalik bilan qurilgan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun er berilishi haqida tushuntirib o`tilgan.

Noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga o`zlari hisobidan binolarni buzib olishlari uchun 2 kun muddat berilgan.

2020 yil 14 fevral kuni ishchi guruh a`zolari yuqorida ko`rsatilgan manzilga borib ko`rilganida, 3 nafar fuqarolar o`zboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati mavjud bo`lmagan bo`lsada, ko`chib kirib olganligi aniqlangan.

Ishchi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olishlari tushuntirilganida, avvaldan to`planib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarshilik ko`rsatishgan.

Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati bo`lmaganligi sababli ishchi guruh a`zolari ortlariga qaytib ketishgan.

Shu kuni soat 15:00 lar chamasida ishchi guruh tomonidan yuqoridagi manzilga borilganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qo`llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan. Ushbu holatda jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin bo`lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan. Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qo`llaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Noqonuniy ravishda qurilgan uy-joylar ishchi guruh tomonidan buzililishi imkoni bo`lmagan.

Ushbu jarayonda 2 nafar tuman IIB xodimlari hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olishgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar