Turkiyaning Diyorbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do`konidagi qarzlarini to`ladi. Bu haqda NTV Turkiya manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Xabar qilinishicha, noma`lum shaxs do`konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining qarz daftarchasiga yozilgan qarzlarini to`lamoqchi ekanini aytadi.
U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to`lagan. So`ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.
Sotuvchining so`zlariga ko`ra, ko`pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.






