AsosiyJamiyat

Koronavirus bo`yicha ayni paytda O`zbekistondagi ahvol qanday?

'Koronavirus bo`yicha ayni paytda O`zbekistondagi ahvol qanday?'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 16 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra dunyo bo`yicha 69 268 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 68 584 nafar shaxslar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 2 008 nafarni (3.0%) tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 11 272 nafari og`ir ahvolda bo`lib, 1 666 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 25 ta davlatida 684 nafar fuqaroda qayd etilgan.

O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktik tadbirlar xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tashxisi tashkil etish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Rossiya Federasiyasining Rospotrebnadzor xizmati taqdim etgan koronovirus diagnostikumi olib kelinib markaziy va hududiy virusologik laboratoriyalarga taqsimlab berildi. Bugungi kunda barcha hududiy laboratoriyalarda PSR yordamida koronovirusga tekshirish yo`lga qo`yildi.

Ma`lumot uchun. Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 26 ta reys orqali 4 186 nafar, temir yo`llar orqali 5 ta poezdda jami 958 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 828 ta avtotransportlarning egalari va 33 937 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazildi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko`rsatmaga asosan joriy yilning 15 fevraliga qadar jami 

1 352 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Ma`lumot uchun. Joriy yilning 14-15 fevral kunlari maxsus muassasalarga joylashtirilgan fuqarolar va ularga xizmat ko`rsatuvchi ishchi-xodimlardan jami 389 ta qayta laboratoriya tahlili uchun namuna olindi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 16 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Ma`lumot uchun. koronavirus infeksiyasi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni olish hamda o`zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligikoronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar