AsosiyJamiyat

Qo`qon shahar hokimligi o`z aholisidan o`qotar qurollarini topshirishni so`ramoqda

'Qo`qon shahar hokimligi o`z aholisidan o`qotar qurollarini topshirishni so`ramoqda'ning rasmi

Hurmatli hamshaharlar o`qotar qurollaringizni topshiring, deya so`rov bilan chiqdi Qo`qon shahar hokimligi. 

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248–moddasiga asosan tegishli ruxsatnomasiz o`qotar qurol, shuningdek o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o`tish yoki jo`natish besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Qo`qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, barcha hamshaharlarimizning xavfsizligini ta`minlash maqsadida shu yilning 17 fevralidan o`qotar qurollar, o`q dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish moddalarini o`z ixtiyori bilan kelib topshirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

O`qotar qurollarini o`z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolarga ushbu qurollarning narxi (qiymati) to`lab beriladi. 

Fuqarolarimiz noqonuniy saqlanayotgan qurollarini Qo`qon shahar IIO FMB(gorotdel)ga topshirishlari yoki hududlaridagi profilaktika inspektorlariga, mahalla raislariga, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg`armalari Qo`qon shahar bo`limlariga, Yoshlar ittifoqi Qo`qon shahar Kengashiga murojaat etishlari mumkin. 

Murojaatlar uchun aloqa telefonlari:

73 542 20 02

73 542 62 30

94 554 04 00

91 143 13 31

90 506 36 16

90 566 79 19

“Keyingi pushaymon, o`zingga dushman”, deydi dono xalqimiz. Yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, ertaga qonun oldida javobgar bo`lish, farzandlaringizning jinoyatga qo`l urishi yoki jinoyat qurboni bo`lishining oldini bugun oling, deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o`tamiz, Qo`qonda sodir etilgan qurolli mojaro ortidan 30 nafarga yaqin shaxs hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar