AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov Oltinsoy aholisiga nisbatan: “Ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”

'Alisher Qodirov Oltinsoy aholisiga nisbatan: “Ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 14 fevral kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida aholi va IIB xodimlari o`rtasida janjal kelib chiqqan edi. Mazkur voqeaga “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov o`z munosabatini bildirdi

“Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo`pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur etkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bo`lgan jinoyat sifatida baholanishi kerak. So`nggi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvorligi, huquq va erkinliklarini taminlash, turmush sharoitlarini o`zgartirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar aslo mamlakatimizda qonun ustuvorligini taminlashga to`sqinlik qilmaydi. Zero qonun ustuvor bo`lgan davlatlardagina halqqa samarali xizmat qilish mumkin.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”, degan Qodirov.

Ushbu munosabat e`lon qilinishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga sabab bo`ldi. O`z o`rnida deputat ham ularning tanqidalariga javob berib bormoqda. 

Ma`lumot uchun, Alisher Qodirov 2019 yilgi parlament saylovida Jizzax viloyatidagi 36-Paxtakor saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. Qodirov bir urinishda parlament deputatiga aylana olmagan yagona partiya etakchisi hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, holat bo`yicha Bosh prokuraturaning rasmiy axboroti berilgan. Shuningdek, viloyat hokimi ham mazkur hududga borib aholi bilan yuzlashdi

 

    Boshqa yangiliklar