AsosiyJamiyat

Buxoroda «Jayron» pitomnigi «Do`stlar klubi»ni ochadi

'Buxoroda «Jayron» pitomnigi «Do`stlar klubi»ni ochadi'ning rasmi

«Jayron» Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi huzurida «Do`stlar klubi» ochilmoqda. Bu hayvonlarni yaxshi ko`radigan kompaniyalarning hamjamiyati bo`lib, ularning ixtiyoriy badallari hayvonlarni ochlikdan nobud bo`lishdan qutqaradi. Qo`riqxonaning ayni damdagi tabiiy ozuqa bazasi jami 1135 ta bo`lgan hayvonlarning faqat 800 tasiga etadi. 

«Jayron» pitomnigi Qizilqum cho`lining janubi-g`arbida joylashgan bo`lib, 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida kamyob hayvonlarni ko`paytirish bilan shug`ullanadi. Uning faoliyati tufaylijayronlar, qulunlar, Prjevalskiy otlari, buxorotog` qo`ylari, buxoro bug`ulari va vintsimon shoxli echkilari populyasiyasi tobora o`sib bormoqda. Ammo hayvonlar sonining ko`payishi ozuqa zahiralari bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqardi. Uni hal qilish uchun «Jayron» pitomnigi «Do`stlar klubi»ni – hayvonlarni yaxshi ko`radigan kompaniyalar hamjamiyatini tashkil etdi, ularning xayriya yordamlari ozuqa sotib olishga sarflanadi. 

“Ozuqa sotib olish masalasi pitomnik oldida har yili yuzaga keladi. Bugungi kunda to`silgan hududda 955 ta jayron, 155 ta qulun va 25 ta Prjevalskiy otiyashaydi. Tabiat faqat 800 ta hayvonni boqa oladi. Qolganlarini ochlikdan qirilib ketishdan saqlash – bizning vazifamiz. Pitomnik xodimlari yon-atrofdagi qo`shni hududdan turli o`t-o`lanlar, qamish, tuya yantog`i, qandim kabilarni yig`ib keladilar, lekin bu etarli emas. Hayvonlarning yashab qolishi uchun homiylardan ko`rsatilayotgan ko`mak asos bo`la oladi. Bizga KNAUF kompaniyasi muntazam ravishda ko`maklashib keladi, ularning yordamlari bilan biz bir tonna arpa sotib olamiz. Bu qo`shimcha ozuqa hayvonlarning qishdan chiqib olishiga yordam beradi”,- deydi «Jayron» Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi direktori Shavkat Boltaev. 

Hayvonlarga butun yil davomida qo`shimcha ozuqa berib turiladi. 

“Biz biznes olami vakillari noyob qo`riqxonani qo`llab-quvvatlashni istashadi deb umid qilamiz, ushbu qo`riqxona tufayli O`zbekistonning nodir hayvonlari qirilib ketmaydi, balki qulay sharoitlarda yashaydi hamda ko`payadi. Biz xayr-ehson qiluvchilarga sarflangan har bir so`m bo`yicha to`liq hisobot taqdim etamiz va hamma vaqt ularni bizning tadbirlarimizda va ekskursiyalarimizda ko`rishdan xursand bo`lamizShuningdek, pitomnik hududida «Do`stlar klubi»ga a`zo kompaniyalarning nomlari tushirilgan stend ham o`rnatilgan”, — deya qo`shimcha qildi «Jayron» Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi direktori Shavkat Boltaev. 

Hozirgi vaqtda «Jayron» pitomnigining «Do`stlar klubi» ga KNAUF kompaniyasi, Kogon shahar hokimiyati, Qorovulbozor tumani hokimiyati va Qorovulbozor tuman prokuraturasi kiradi. 

 

    Boshqa yangiliklar