AsosiyJamiyat

Rossiyada sodir bo`lgan YTHda O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi

'Rossiyada sodir bo`lgan YTHda O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi'ning rasmi

Mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2020-yilning 16-fevral kuni Chelyabinsk–Troisk trassasida Chelyabinsk viloyati hududida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida 2 kishi, jumladan O`zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi, deya ma`lum qildi TIV.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jo`natish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33

    Boshqa yangiliklar