Varshava shahrida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov Polsha Respublikasi bosh mehnat inspektori V.Lshek bilan uchrashdi.
Muzokaralarda Polshada mehnat qilayotgan O`zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi tizimini joriy etish, ushbu davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakat Mehnat inspeksiyalari o`rtasida tajriba almashinuvini yo`lga qo`yish va O`zbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligiga rioya qilishni nazorat tizimiga zamonaviy tajribani joriy qilish maqsadida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mamlakatimiz mehnat salohiyati, demografik tendensiyasi, mehnat bozorining hozirgi holati, malakali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha mavjud imkoniyatlar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi.






