BAAda koronavirus bilan kasallangan ikki bemor sog`ayib ketdi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash va profilaktika vazirligi juma kuni.
Virusdan forig` bo`lgani e`lon qilingan ikki bemor- 41 yoshli erkak va uning sakkiz yoshli o`g`li Xitoy fuqarolaridir. O`tgan hafta mamlakatdagi Xitoylik 73 yoshli Liu Yujia ham kasallikdan to`liq sog`ayib ketganligini e`lon qilingandi.
BAAda umumiy hisobda 8 nafar odamda koronavirus aniqlangandi. Endi ular 5 ta qoldi.
BAAdagi Xitoyning Bosh konsuli Li Suxang va BAA Sog`liqni saqlash vazirligining xalqaro sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i doktor Fotima Al-Attar ota va o`g`ilni virusdan butunlay sog`ayib ketganlari bilan tabriklashdi.
«Biz BAA xalqi nomidan do`stimiz Xitoy xalqiga mehr-muhabbatimizni izhor etamiz va ushbu kasallikka qarshi kurashishda ular bilan birgaligimizni ta`kidlaymiz», dedi Al-Attar.
O`z navbatida, Xitoy fuqarolari BAA rahbariyatiga ko`rsatilayotgan yordam uchun o`z minnatdorchiligini bildirishdi.






