AsosiyJamiyat

Romitanda bolaning 20 million so`mlik “haqqi” undirib berildi

'Romitanda bolaning 20 million so`mlik “haqqi” undirib berildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Romitan tumanlararo sudining qarzdor Soliev Ravshan Roziqovichdan undiruvchi Allanazarova Gulshirin Jo`raqulovna foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi. Majburiy ijro harakatlari davomida voyaga etmagan bolaning ta`minoti uchun 20 000 000 so`m aliment pullari undirib berildi va bolaning manfaatlari himoya qilindi, deya xabar qilmoqda MIB. 

Ma`lumot uchun: Aliment undirishning ikkita yo`li mavjud - ota-ona o`rtasida aliment kelishuvi tuzish orqali ixtiyoriy to`lash, sud buyrug`i yoxud sudning hal qiluv qarori asosida majburiy undirish.

    Boshqa yangiliklar