AsosiyJamiyat

Ertaga ob-havo bugundan farq qiladi

'Ertaga ob-havo bugundan farq qiladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 18 fevral kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 3-5° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar