AsosiyJamiyat

«O`zbekiston temir yo`llari» «Orolni asraylik» aksiyasida etti gektar maydonga ko`chatlar o`tqazdi

'«O`zbekiston temir yo`llari» «Orolni asraylik» aksiyasida etti gektar maydonga ko`chatlar o`tqazdi'ning rasmi

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ tasarrufidagi boshqarma, markaz, korxona, va o`quv muassasalarining ko`ngilli yoshlari Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» – himoya o`rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish maqsadida «Orolni qutqaraylik» aksiyasini tashkil etishdi.

Bo`lib o`tgan mazkur aksiyaga yuzga yaqin shijoatli yoshlar jalb qilinib, Orolbo`yi hududida to`qayzorlar tashkil qilish uchun «O`zbekiston temir yo`llari» AJning oltita mintaqaviy temir yo`l uzellaridan tashrif buyurgan yigit-qizlar birdamlikda ish olib bordi.

Hozirda Orolbo`yi hududidagi tuzli qumlarni atrofga tarqalishini kamaytirish hamda ekologiyasini yaxshilash maqsadida saksovul, yulg`un va qorabaraq kabi butasimon o`simliklar ekish yo`lga qo`yilgan. Mo`ynoq tumani hokimligining ma`lumotiga ko`ra o`tgan uch yil mobaynida ekilgan ko`chatlarning monitoringida ijobiy o`zgarishlar qayd etildi.

Havoning sovuqligiga qaramasdan yoshlar ishni jadallik bilan olib bordi. Natijada etti gektarga yaqin maydonga saksovul va boshqa ko`chatlar o`tqazildi. Buni raqamlarga aylantiradigan bo`lsak 7000 tub ko`chat degani. Ko`zlangan natijaga erishish uchun besh yil muddat kerak bo`ladi. Ropa-rosa besh yildan keyin Orolbo`yi hududida katta to`qayzorlarni ko`rish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar