2020 yil 24-28 fevral kunlari nostrifikasiya uchun navbatdagi sinov test sinovi bo`lib o`tadi, deya yozdi Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig`ining maslahatchisi Feruza Madrahimova.
Test sinovlari quyidagi sohalar bo`yicha sinov testlari bo`lib o`tadi:
👉 Huquqshunoslik;
👉 Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot;
👉 Iqtisodiyot;
👉 Qishloq xo`jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish;
👉 Boshlang`ich ta`lim;
👉 Pedagogika fanlari.
Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o`z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro`yxatida mavjud bo`lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.