AsosiyJamiyat

Koronavirusdan tuzalgan odamlarning qonidan epidemiyaga qarshi kurashda foydalanmoqda

'Koronavirusdan tuzalgan odamlarning qonidan epidemiyaga qarshi kurashda foydalanmoqda'ning rasmi

Shanxaydagi shifokorlar koronavirusdan tuzalgan odamlarning qon plazmasidan (qon tarkibidagi modda) epidemiyaga chalingan bemorlarni davolashda foydalanishmoqda. Bu haqda tarjimon.uz ma`lumot bermoqda.

Bu o`zining dastlabki natijasini bermoqda, deya xabar beradi xitoylik professor dushanba kuni. Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo`yicha mutaxassisi ham bu usulning to`g`riligini ta`kidlagan.

Xubey viloyati poytaxti Uhan shahrida paydo bo`lgan koronavirus epidemiyasi shu paytgacha Xitoyda 1,770 kishining hayotiga zomin bo`ldi va 70 mingdan ortiq odam uni yuqtirib oldi.

17 fevralda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyning moliyaviy markazi bo`lgan Shanxayda virusga chalinganlar 332 tani tashkil etib, bir marta o`lim holati kuzatilgan. Shanxay jamoat sog`liqni saqlash markazining professori Lu Xanchjou 184 kishi karonavirus sabab kasalxonaga yotqizilganini va ulardan 166 nafari engil, 18 nafari og`ir ahvolda ekanligini aytdi.

Uning ma`lum qilishicha, kasalxonada plazma terapiya o`tkazish uchun maxsus klinikalar tashkil etilgan va qon topshirmoqchi bo`lgan ko`ngillilar tanlab olinmoqda. Donarlar gepatit B va C yoki shu kabi kasalliklarga chalinmaganini tekshirish uchun qon tekshiruvidan o`tkaziladi.

Ayni paytda yangi koronavirusga qarshi ishlatilishi mumkin bo`lgan muolajalar yoki vaksinalar mavjud emas. Dori vositalarini ishlab chiqish va ularni sinovdan o`tkazish jarayoni esa ko`p oylar va hatto yillarni talab qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar