AsosiyJamiyat

TIV xorijdagi O`zbekiston fuqarolarini yangi xizmat turidan xabardor qildi

'TIV xorijdagi O`zbekiston fuqarolarini yangi xizmat turidan xabardor qildi'ning rasmi

Chet elda vaqtincha bo`lib turgan yoki doimiy istiqomat qilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo`shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan Respublika rahbariyati tomonidan qo`yilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari imkoniyatini takomillashtirish bo`yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2020-yil 10-fevraldan “Xorijda bo`lgan (bo`lib turgan) O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning konsullik ro`yxatini yuritish tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma” kuchga kirdi (Adliya vazirligida 3218-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan).

Ushbu Yo`riqnomaga muvofiq, chet elda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan o`tish uchun consulate.mfa.uzveb-portali orqali masofadan interaktiv konsullik xizmatidan foydalanishlari mumkin. Ayni paytda ushbu internet-resurs sinov rejimida ishga tushirilgan.

Vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga olish bo`yicha interaktiv xizmat dasturiy tizimi texnik sinovdan o`tkazilgandan keyin qisqa vaqt ichida o`rnatiladi va yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, vazirlik boshqa konsullik xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv asosga o`tkazish ustida ish olib bormoqda. Bu haqida hamyurtlarimizga o`z vaqtida ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar