AsosiyJamiyat

Xalq banki Boshqaruvi Raisiga o`rinbosar tayinlandi

'Xalq banki Boshqaruvi Raisiga o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Ahmedov Hasanjon Muhammadovich aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining o`rinbosari etib tayinlandi.

Hasanjon Ahmedov 1984 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan bo`lib, mutaxassisligi bank ishi va menejment.

U 2015-2019 yillarda Xalq bankining turli departamentlarida direktor va filial boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019 yildan shu kunga qadar Xalq banki Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar