AsosiyJamiyat

Jizzaxda yana bir haydovchi YPX inspektoriga pora berib qo`lga tushdi

'Jizzaxda yana bir haydovchi YPX inspektoriga pora berib qo`lga tushdi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Xabarda aytilishicha joriy yilning 17 fevral kuni soat 09:40 larda Jizzax viloyati IIB YHXB YPX inspektori O.A. Sharof Rashidov tumani hududida belgilangan dislokasiya asosida xizmat olib borayotgan vaqtda, Buxoro viloyati, G`ijduvon tumanida yashovchi S.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk transport vositasini to`xtatgan.

Haydovchi hech qanday hujjatlarsiz 20 tonna tuz mahsulotini olib ketayotganligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirilgan va avtomashina jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Haydovchi S.N. hujjatlar rasmiylashtirmaslik va avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga pora taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 17 fevral kuni haydovchi S.N. YPX inspektori O.A.ga 400 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

Boshqa yangiliklar