AsosiyJamiyat

Andijonda xaridorning sotuvchini haqorat qilishi og`ir oqibat bilan yakun topdi

'Andijonda xaridorning sotuvchini haqorat qilishi og`ir oqibat bilan yakun topdi'ning rasmi

2020 yil 05 fevral kuni taxminan soat 20:30 larda Oltinko`l tumanida 36 yoshli D.P.ning do`koniga xaridor sifatida X.T. mast holatda kiradi. Kayf ustida 29 yoshli X.T. sotuvchini haqorat qilib, shaxsiyatiga tekkan va sotuvchi xaridorni bir musht bilan urib, tan jarohati etkazgan.

Fuqaro X.T., olgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, X.T., “og`ir” tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va D.P.,ga nisbatan ayblov e`lon qilinib, tegishli ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. 

    Boshqa yangiliklar