AsosiyJamiyat

Madinada ziyoratchilar uchun ikkita yangi tibbiy markaz ochildi

'Madinada ziyoratchilar uchun ikkita yangi tibbiy markaz ochildi'ning rasmi

Haj va Umra vazirligi Madinadagi ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko`rsatadigan yana ikki yangi markaz ochilganini e`lon qildi. Bu Saudi Vision 2030 dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Ushbu tibbiyot muassasalari al-Baqida va shahzoda Muhammad ibn Abdel Aziz xalqaro aeroportida joylashgan, deb xabar beradi Islam.ru sayti. Bu erda ziyoratchilar maxsus yordamchi moslamalaridan foydalanish, zarur hujjatlarni oson to`ldirishi va bir necha tillarni biladigan tarjimonlar xizmatidan foydalanishi mumkin.

Bugungi kungacha Haj vaziri va doktor Muhammad Solih bin Taher Benten ko`magi ostida Makka va Madinada to`rtta tibbiy markaz ochilgan, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar