AsosiyJamiyat

Diqqat muhim! Buxoroda o`lim bilan bog`liq YTHlarning aksariyati xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan avtomobil yo`lining cho`l hududidan o`tuvchi qismida sodir bo`lmoqda

'Diqqat muhim! Buxoroda o`lim bilan bog`liq YTHlarning aksariyati xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan avtomobil yo`lining cho`l hududidan o`tuvchi qismida sodir bo`lmoqda'ning rasmi

Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, Buxoro viloyatida qayd etilgan o`lim bilan bog`liq yo`l-transport hodisalarining aksariyati viloyat hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 300 kilometrdan ortiq bo`lgan cho`l hududidan o`tuvchi qismida sodir bo`lmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo`l-transport hodisalari asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga hamda Respublikamizning boshqa viloyatlariga qatnovchi haydovchilarning charchoqlik natijasida cho`l hududida uxlab qolib, yo`ldan chiqib ketib ag`darilishi, o`zidan oldinda harakatlanib borayotgan avtotransport vositalarining orqa tomoniga borib urilishi yoki qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan avtotransport vositalari bilan to`qnashuvi oqibatida kelib chiqmoqda.

Shularni inobatga olgan holda Buxoro viloyati IIB YHXB HAYDOVChILARDAN:

- o`zlarida charchoq alomatlari sezilganda yo`l yoqasida joylashgan dam olish joylari (kemping) hamda ovqatlanish shahobchalarida to`xtab dam olishlarini (kofe ichish, hushyorlikni oshiruvchi boshqa mahsulotlarni iste`mol qilish);

- yo`lga otlanayotganda ob-havo sharoitini inobatga olishni (ob-havo haroratining keskin o`zgarishi, qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi va hokazo);

- imkon qadar temir yo`l transportidan foydalanishni;

- texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni;

- zarurat bo`lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni;

- piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishni so`rab qoladi;

 

    Boshqa yangiliklar