AsosiyJamiyat

Yangi vazirlik rahbariyati kimlardan iborat bo`ldi?

'Yangi vazirlik rahbariyati kimlardan iborat bo`ldi?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.

Ayni paytda yangi — Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligida vazir hamda uning o`rinbosarlari kimlar bo`lishi aniq bo`ldi:

Vazir — Rahmat Mamatov, muqaddam «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi;

Vazirning birinchi o`rinbosari — Elmira Bositxonova, muqaddam Xotin-qizlar qo`mitasi raisi;

Vazir o`rinbosari — Sodiqjon Turdiev, muqaddam «Nuroniy» jamg`armasi raisi;

Vazir o`rinbosari — Botir Parpiev, muqaddam «Mahalla» kengashi raisi o`rinbosari;

Vazir o`rinbosari — Azizbek Ikromov, u bir paytda Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari sifatida ham faoliyatini davom ettiradi

    Boshqa yangiliklar