2020 yil 12 fevraldan 13 fevralga o`tar kechasi soat 03:00 da 21 yoshli S.X. (ayol) o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro tumani “Udo`gri” mahallasida joylashgan 35 yoshli G.K.ning xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 1.900.000 so`m va 2.600 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joydan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atiligan. Tergov harakatlari jarayonida S.X. IIB binosiga olib kelingan va uning yonidan ashyoviy dallilar sifatida 900 AQSh dollari va 2.260.000 so`m pullar rasmiylashtirilib olingan. S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






