AsosiyJamiyat

Davlat tashkiloti xodimlari uchun lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini o`rgatuvchi o`quv kurslari ochildi

'Davlat tashkiloti xodimlari uchun lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini o`rgatuvchi o`quv kurslari ochildi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o`qitish va malaka oshirish" markazi o`z faoliyatini boshladi.

Markaz O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21 oktyabrda imzolagan “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5850-sonli belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida tashkil etildi.

Markaz 144 soatlik o`quv dasturi asosida tinglovchilarning lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi, o`zbek adabiy tili me`yorlari hamda davlat tilida ish yuritish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarini takomillashtiradi. 

Tinglovchilar ishdan ajralmagan holda malaka oshirganliklari sababli boshqaruv idoralaridagi hujjat namunalaridan mashg`ulotlarga olib kelishadi va real vaziyatlar orqali o`qituvchi rahbarligida kamchiliklar bartaraf etiladi.

Kursikkixilyo`nalishdatashkilqilindi: 

* Davlat tashkilotlari xodimlari uchun;

* Keng aholi qatlami uchun. 

Davlat tashkiloti xodimlari uchun tashkil etiladigan o`quv kursi “O`zbek adabiy tili me`yorlari va davlat tilida ish yuritish”, aholi uchun tashkil etiladigan o`quv kursi “O`zbek adabiy tilining yozma nutq me`yorlari” deb nomlandi.

Markazda o`quv mashg`ulotlari davlat tashkilotlari xodimlari to`lov-shartnoma asosida, aholi uchun bepul tashkil qilindi

    Boshqa yangiliklar