AsosiyJamiyat

Chirchiqda blogerdan giyohvandlik moddalarini olib sotayotgan er-xotin ushlandi

'Chirchiqda blogerdan giyohvandlik moddalarini olib sotayotgan er-xotin ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, giyohvandlik vositalarini internet orqali sotib olib, chegaradan maxsus yasalgan oyoq qiyimning poshna qismiga olib o`tib biznes qiluvchi, er-xotinning noqonuniy savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB ma`lum qildi.

Joriy yilning 21 yanvar kuni IIBB JQB tezkor xodimlari hamda YHXB inspektorlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida, Chirchiq shahri "Intizor" ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan oq rangli Spark rusumli avtoulovi to`xtatilib, avtomashina haydovchisi R.Yu.ning hujjatlari tekshirildi. Shunda haydovchi o`zini shubhali tutib, noo`rin xatti-harakatlar qilganligi sababli, avtoulov saloni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan. Ko`zdan kechirish davomida avtoulov saloni ichida 3 dona gugurt qutilarga qadoqlangan jami 12 gr «marihuana» giyohvandlik vositasi, 10 dona oq rangli qog`oz bo`laklariga o`ralgan jami 6,2 gr «spice» sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. 

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettiriladi. Haydovchi ushbu giyohvandlik vositalarini Chirchiq shahrida yashovchi o`zining tanishlari er-xotin B.M. va A.X.lardan olganligi ma`lum qiladi.

B.M. va A.X. larning jinoiy faoliyatiga chek qo`yish maqsadida o`tkazilgan tadbir natijasida, ular maxsus xaridorga 1 million 500 ming so`m pul evaziga 9,2 gramm spice sintetik giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olinadi. Uning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, xonadonida bo`lgan F. I. dan 1,10 va uyidan 5,46 gramm spice sintetik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Ushbu olingan giyohvand va psixotrop moddalarini manbasini aniqlash bo`yicha olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, B.M. ning xotini A.X. yuqorida keltirilgan 12 gramm marixuana va 20 grammdan ortiq spice sintetik giyohvandlik moddalarini Qozog`istonlik bo`lgan ijtimoiy tarmoq blogeridan olib, doimiy ravishda O`zbekiston bojxona chegara maskanlaridan, maxsus tayyorlangan oyoq kiyimining poshnasiga (konteyner) yashirgan holda olib o`tganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

 

    Boshqa yangiliklar