"Davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat o`rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro`yxati tasdiqlandi.
Ma`lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.
✅ Qarorga ko`ra, moratoriy joriy etilgan davlat o`rmon fondiga kirmaydigan va butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo`yicha:
👉 davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
👉 hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
👉 tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Tabiiy omillar, kasalliklar ta`sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog`lig`iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi






