Ilxomjon Abbasov Kosonsoy tumanida istiqomat qiladi. Turmush o`rtog`i bilan ajrashgani bois, fuqarolik ishlari bo`yicha Yangiqo`rg`on tumanlararo sudining 2006 yil 16 fevral kunidagi buyrug`i bilan 2 nafar voyaga etmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Bu haqda darakchi.uz ga Majburiy ijro byurosining Matbuot xizmatidan ma`lum qilindi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo`limi ish yurituviga olingan bo`lib, qarzdorga alimentni vaqtida to`lab borish bo`yicha tushuntirish berilgan. Biroq, bunga ma`suliyatsiz bilan qaragan Abbasov 37 oydan beri muntazam ravishda alimentni to`lamay keldi.
21 mln. so`mdan ortib ketadi. Ogohlantirishlardan to`g`ri xulosa qilmagan fuqaroning ishi endi amaldagi qonunchilik talablariga ko`ra mazmunan ko`rib chiqish uchun ma`muriy sudga yuborildi. Byuroning tuman bo`limi binosida keng jamoachtilik o`rtasida bo`lib o`tgan sud majlisida fuqaro I.Abbasov O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 474-moddasi, 1-qismiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosiga tortildi.
Abror Xoshimxo`jaev ham aliment to`lashdan bo`yin tovlab kelayotganlardan biri. Unga nisbatan ham sudning qarori bilan 2 nafar voyaga etmagan farzandi uchun aliment to`lashi belgilangan. Biroq, u ham burchini unitib, moddiy ta`minotdan qasddan bo`yin tovlab keladi. Qarzdorlik 2018 yildan 2020 yil fevral oyiga qadar 15 mln. so`mga etdi. Uniing ham javobgarlik masalasi sayyor sud tartibida ko`rib chiqildi hamda 10 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek sayyor sudda Z.Rahimov, Sh.Uzaqov, A.Abdusamatovlar ham uzoq muddatdan beri aliment mablag`larini bermay kelayotgani o`z isbotini topdi va ularga nisbatan sudning qarori e`lon qilindi.






