YuNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e`lon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro tillar — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi bo`lib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sun`iy tillarga bo`linadi.
YuNESKO vakillarining so`zlariga ko`ra, qachonlardir odamlar so`zlashadigan tillar soni 8 mingtagacha etgan bo`lsa, hozirgi kunda sayyoramizda 6 mingdan ziyod til mavjud bo`lib, ularning 90 foizi yo`qolib ketish arafasida. Bu asosan sivilizasiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlar tillaridir. Bu tillarda so`zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo`lsa, ayrimlari bundan ham bebahra.
Ma`lumki, tillar insoniyatning moddiy va ma`naviy merosini asrashning eng kuchli vositasi hisoblanadi. YuNESKOning ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda mavjud bo`lgan qariyb 6 mingta tilning yarmi batamom yo`q bo`lib ketish xavfi bor.






