“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Lisenziya asosida mustaqil hamshiralik faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat berish taklif etilyapti.
Hozirgi kunda O`zbekistonda hamshiralik hamda feldsherlik ta`lim yo`nalishini tugatgan o`rta va oliy ma`lumotli ishsiz uy bekalari ko`pchilikni tashkil qiladi. Qo`shimcha ish bilan band bo`lish uchun ularga hamshiralik faoliyati uchun lisenziya berishni taklif qilaman. Bu turdagi hamshiralarga shifokorning yozma resepti va ko`rsatmasi asosida xizmat ko`rsatishiga ruxsat berish kerak. Og`ir ahvoldagi bemorlarga faqat tibbiyot maskanida, shifokor nazorati bilan tibbiy yordam beriladi. Ammo bitta oddiy yoki osma ukol qo`yish, engil muolajalar uchun hamshiralikka lisenziya bilan ruxsat berish kerak.
Agarda o`rta va oliy ma`lumotli o`qigan hamshira uy bekalariga hamshiralik faoliyati uchun lisenziya berilsa, ish o`rinlari ko`payadi va fuqarolar resept asosida muolaja olish uchun shifoxonalarda uzoq navbatlarda turmagan bo`lishar edi.






