AsosiyJamiyat

“Human”dan jabrlanganlarning 872 nafari o`z pullari oldi

'“Human”dan jabrlanganlarning 872 nafari o`z pullari oldi'ning rasmi

“Human” xususiy bandlik agentligi tomonidan amalga oshirilgan jinoiy harakatlar natijasida jabr ko`rgan fuqarolarga etkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida mamlakatimiz hududlarida MIB, “Ipotekabank” hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, ularga mablag`larini qaytarib berish boshlangan edi.

20 fevral soat 18:00 holatiga ko`ra, jabrlanuvchi, deb e`tirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolarning 872 nafariga 16,5 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`lari to`lab berildi. Ulardan 845 nafari plastik karta ko`rinishida, 27 nafari esa naqd pul shaklida olgan.

Xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlarga pul mablag`larini to`lab berish jarayoni davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar