AsosiyJamiyat

Bu yil Ispaniyadan ikkita tezyurar poezd keltirilishi kutilmoqda

'Bu yil Ispaniyadan ikkita tezyurar poezd keltirilishi kutilmoqda'ning rasmi

Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida Transport vazirining o`rinbosari Davron Dehqonov shunday dedi:

"2021 yilda ikkita tezyurar poezdlar sotib olinadi. Hozirda biz Ispaniya kompaniyasi bilan muzokaralar olib boramiz. Agar biz kelisha olsak, 2021 yilda emas, balki bu yil poezdlardan foydalana olamiz."

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili O`zbekiston ikkita tezyurar Talgo 250 yo`lovchi elektropoezdi va to`rtta vagon sotib olishni rejalashtirayotgan edi. Bevosita muzokaralar natijalariga ko`ra, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Patentes Talgo S.L.U. bilan shartnoma imzoladi. Ispaniya hukumati Ispaniya kompaniyalarini korporativ interfaollashtirish fondi (FIEM) orqali 57,5 ​​million yevro miqdorida kredit berishga rozi bo`ldi. Kredit 30 yil muddatga, yillik 0,05 foiz stavkasi bilan 10 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

    Boshqa yangiliklar