AsosiyJamiyat

“O`zbekiston temir yo`llari”AJ metro qurilishida vafot etgan xodimiga 281 million so`mlik nafaqa belgiladi

'“O`zbekiston temir yo`llari”AJ metro qurilishida vafot etgan xodimiga 281 million so`mlik nafaqa belgiladi'ning rasmi

Yunusobod metro liniyasi qurilishidagi fojea oqibatida halok bo`lgan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati xodimi Zarif Karimovga oilaning asosiy boquvchisi bo`lgani sababli 281 mln 671 ming so`mlik bir martalik nafaqa belgiladi. 

To`lovlar ish beruvchi va sug`urta kompaniyasi tomonidan marhumning turmush o`rtog`iga 12 fevral kuni o`tkazib berilgan. Bundan tashqari, marhumning dafn marosimi xarajatlari uchun 8 mln so`m ajratilgan. Marhumning qaramog`ida bo`lgan besh nafar oila a`zosining har biriga 650 ming so`m miqdorida nafaqa har oy to`lab borilishi boshlangan.

"Maxsus komissiya qarori bilan yana 5 nafar halok bo`lganlar oilalariga ham bir martalik nafaqa pullari, shuningdek, mehnatga layoqatli bo`lmagan oila a`zolari uchun oylik kompensasiya to`lovlarini belgilagan. Ularga to`lovlarni mehnat shartnomasini tuzgan firma amalga oshiradi",— deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar