Avval xabar berilganidek, “Human” xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullaevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko`rgan fuqarolarga etkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida Majburiy ijro byurosi, ATIB “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.
MIBning "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, ishchi guruhlar tomonidan 2020 yil 18-19 fevral kuni ish bo`yicha o`tkazilgan ijro harakatlari jarayonida 1007 nafar fuqaro o`zlariga va yaqinlariga etkazilgan zarar masalasini qaytarish masalasida murojaat etishdi.
Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan chiqib ketgani aniqlanib, ularning yaqin arindoshlariga moddiy zararni qaytarish tartibi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qisqa muddat davomida 916 nafar undiruvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, shundan 819 nafariga sud hujjatida ko`rsatilgan 17,2 mlrd. so`m pul mablag`larini o`tkazilishi ta`minlandi.
Shuningdek, bank kartalariga tushgan mablag`larni fuqarolarning talablariga ko`ra bir vaqtning o`zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko`rinishida berilmoqda.
Qolgan 97 nafar undiruvchiga pul o`tkazishda hujjatlarda texnik xatoliklar aniqlangani sababli, ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va pul mablag`larini o`tkazish choralari ko`rilmoqda.
Shu o`rinda, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va etkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o`tkazilishini eslatib o`tamiz.
Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari:
№ HududManzili Telefon raqam
1 Andijon viloyati Andijon sh. Anisi ko`chasi 1-uy
Ipoteka bank Andijon viloyat filiali (90) 268-18-88
2 Buxoro viloyati Buxoro sh. Iqbol ko`chasi 10-uy
Ipoteka bank Buxoro viloyat filiali (93) 682-82-84
3 Jizzax viloyati Jizzax sh. Sharof Rashidov ko`chasi 72-uy
Ipoteka bank Jizzax viloyat filiali (94) 199-70-05
4 Qashqadaryo viloyati Karshi shahri. Mustaqillik ko`chasi 49-uy
Ipoteka bank Qashqadaryo viloyat filiali (97) 310-00-17
5 Navoiy qiloyati Navoiy sh. Memorlar ko`chasi 1a-uy
Ipoteka bank Navoiy viloyat filiali (99) 381-71-51
6 Namangan viloyati Namangan sh. Navoiy ko`chasi 63-uy
Ipoteka bank Namangan viloyat filiali (99) 362-90-55
7 Surxondaryo viloyati Termiz sh. Maxmud. Qashgriy 20-uy
Ipoteka bank Surxondaryo viloyat filiali (91) 589-28-25
8 Samarkand viloyati Samarqand shaxri. Firdavsiy ko`chasi 75-uy
Ipoteka bank Samarqand viloyat filiali (97) 575-16-54
9 Sirdaryo viloyati Guliston sh. A.Navoiy ko`chasi 53-uy
Ipoteka bank Sirdaryo viloyat filiali (97) 224-85-85
10 Farg`ona viloyati Farg`ona sh. Qomus ko`chasi 38-uy
Ipoteka bank Farg`ona viloyat filiali (94) 550-95-95
11 Xorazm viloyati Urgench sh. O`zbekiston ko`chasi 19-uy
Ipoteka bank Xorazm viloyat filiali (99) 500-88-86
12 Qoraqalpog`iston Res. Nukus shaxri A.Ashurmatov ko`chasi 97-uy
Ipoteka bank Qoraqalpog`iston Resp. Filiali (91) 306-40-44
13 Toshkent sh.Toshkent sh. Musaqillik shox ko`chasi 15-uy
Ipoteka bank Toshkent shahar Amaliyot boshqarmasi(99) 488-22-45
14 Toshkent v.Toshkent sh. Shirin ko`chasi 40-uy
Toshkent viloyat amaliyot boshqarmasi (93) 919-20-29
Eslatib o`tamiz, 17 fevral kuni «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr chekkan 50dan ortiq kishi Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni yonida to`plangan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov ular bilan uchrashib, jabrdiydalarga pullar davlat byudjetidan 3 kunda qaytarilishi boshlanishini ma`lum qilgan edi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, 20 fevral soat 18:00 holatiga ko`ra, jabrlanuvchi deb e`tirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolarning 872 nafariga 16,5 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`lari to`lab berildi.






