AsosiyJamiyat

Samarqandda shaxsiy mashinasida radar o`rnatib, “ishlagan” YPX xodimiga nisbatan tekshiruv boshlandi

'Samarqandda shaxsiy mashinasida radar o`rnatib, “ishlagan” YPX xodimiga nisbatan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida o`z shaxsiy avtomobili bilan radar o`rnatib, xizmat olib borayotgan YPX xodimi aks etgan video tarqalgan edi. Shov-shuvlarga sabab bo`lgan mazkur holat bo`yicha ayni paytda xizmat tekshiruvi boshlandi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 16 fevral kuni Samarqand viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori X.Berdiqulov belgilangan dislokasiya asosida A-378 avtomobil yo`lining 45-kilometrida “Qarshi-Samarqand” yo`nalishida tezlik talablarini buzgan haydovchilarni aniqlovchi ko`chma radar bilan xizmatga jalb etilgan.

Xizmati davomida o`ziga tegishli bo`lgan shaxsiy “Neksiya-3” rusumli transport vositasi oldi tomoniga, erga ko`chma radarni o`rnatgan. 

Inspektorning bu xatti-harakati noma`lum haydovchi tomonidan videotasvirga tushirilgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan YPX katta inspektori X.Berdiqulovga nisbatan Samarqand viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar