AsosiyJamiyat

Andijondagi qo`shma korxona elektr tarmog`iga noqonuniy ulangani aniqlandi

'Andijondagi qo`shma korxona elektr tarmog`iga noqonuniy ulangani aniqlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori talablariga muvofiq reyd tadbirlarini o`tkazmoqda.

Buloqboshi tumanida o`tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlarining birida tumanning “Neftchilar” mahalla o`ramida joylashgan qo`shma korxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olib, noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

MIBning ma`lum qilishicha, noqonuniy ulanish natijasida ta`minotchi korxona manfaatlariga 38 mln 728 ming 800 so`m zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida Jinoyat kodeksi 185-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Biroq, qo`shma korxona rahbari tomonidan bir oy muddat ichida etkazilgan 38 mln 728 ming 800 so`m zarar pullari to`liq to`landi. Shu sababli, qo`shma korxona rahbari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikdan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar