AsosiyJamiyat

Adliya hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo`lishini eslatib qo`ydi

'Adliya hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo`lishini eslatib qo`ydi'ning rasmi

Hokimiyat vakili bu - davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko`rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o`z vakolatlari doirasida ko`pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo`lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega  bo`lgan shaxs.

Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga to`sqinlik qilish ma`muriy javobgarlikka ya`ni, fuqarolarga 111 500 so`mdan 223 000 so`mgacha, mansabdor shaxslarga 223 000 so`mdan 446 000 so`mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.  

Ushbu huquqbuzarlikni takror sodir etganlik, fuqarolarga 223 000 so`mdan 669 000 so`mgacha, mansabdor shaxslarga 669 000 so`mdan  1 115 000 so`mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar