Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Allaev Dolli Xakimovich - viloyat hokimining o`rinbosari — mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.






