AsosiyDunyo

60 yoshli onaxonlar Counter-Strike xalqaro musobaqasida qatnashmoqda (Video)

'60 yoshli onaxonlar Counter-Strike xalqaro musobaqasida qatnashmoqda (Video)'ning rasmi

"Counter-Strike" kompyuter o`yinini yoshlarga taqiqlagan qariyalarni o`zlari shu o`yinni o`ynashmoqda. Ukrainada o`rtacha 60 yoshli nafaqaxo`rlardan jamoa tuzilib, ularni "Counter-Strike" o`yinini o`rgatishda mashqlar o`tkazilmoqda.

"Ageless Shooters" (Qarimaydigan merganlar) deb nomlangan jamoa, yosh merganlarni qalbi hech qachon qarimaydi", deydi jamoa a`zosi Aleksandr Lavrinenko.

Qanday qilib qotillik o`yini qiziqarli bo`lishi mumkin deb, yoshlar bu o`yinni nima uchun yaxshi ko`rishini tushunolmasdim. Bundan tashqari, bu erda animasiya juda yuqori sifatli va qotillik sodir bo`lganda qon sachraydi. Keyinchalik siz unga ko`nikib unga ahamiyat bermay qo`yar ekansiz. Maqsad dushmanni mag`lub etishdir, - deydi jamoaning yana bir a`zosi nafaqaxo`r Tatyana Biryukova.

Ular sichqonchani qanday qilib to`g`ri ushlashni ham bilishmasdi. Hatto chap tomondan ularga o`q tegsa,  darhol boshlarini chapga burishardi, deydi jamoa bosh murabbiyi Andrey Farbun.

Hozir jamoada 7 kishi bor. Ular haftada bir necha marta uchrashib "Counter-Strike" o`ynaydilar.

Men bu vaqtni behuda sarflash deb o`ylagan edim. Bolalarim bu o`yinni 15 yil oldin maktabda o`qishayotganlarida o`ynashgan, o`shanda men ularga bu o`yinni taqiqlagandim. Endi esa o`zim shunga bog`lanib, zavq bilan o`ynayman. Farzandlarim esa, "Eh ota, siz bizga buni taqiqlagandingiz, hozir esa bu o`yinni o`zingiz o`ynayapsiz", deydi jamoa a`zosi Oleg Peretyaka.

Shifokor Oleg Peretyaka, "Counter-Strike" o`yini yoshi katta odamlarga foydali bo`lishi mumkinligiga ishonadi. O`yin vosita ko`nikmalarini, ya`ni motorikani rivojlantiradi va yangi neyronli  birikmalarini o`z ichiga oladi. Shuning uchun u keksa yoshdagi odamlarda demensiya yoki Parkinson kasalliklarining oldini olishi mumkin.

Boshqa yangiliklar