AsosiyJamiyat

Gastroldagi ichuvchi haydovchi - qamaldi

'Gastroldagi ichuvchi haydovchi - qamaldi'ning rasmi

Ulug`nor tumani, “Cho`lobod” MFY, Xurdiyor ko`chasida yashovchi yoshi qirqdan o`tgan fuqaro A.A. Sirdaryo viloyatiga 3 nafar farzandlari va oilasining moddiy ta`minoti uchun ishlagani boradi.

2019 yil 5 oktyabr kuni kupa-kunduzi spirtli ichimlik iste`mol qilib, Andijon shahar, A.Yuldashev ko`chasi, 11-uyda joylashgan “Andijon viloyat qurilish” MChJga qarashli “Tiko” rusumli davlat belgisi 60317KAA raqamli bo`lgan avtomashinani hech qanday hujjatlarsiz, boshqarish huquqi bo`lmagani holda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Mirzo-Ulug`bek mahallasi hududida boshqarib ketayotganida, IIB YHXB YPX xodimlari tomonidan tekshirish uchun to`xtatilgan. Haydovchi spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda avtomashina boshqarib ketayotganligi aniqlangan.

Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi Vaxobjon Siddikov tomonidan 2020 yil 31 yanvar kuni olib borilgan ochiq sud majlisida A.A.ga oid ma`muriy ish ko`rib chiqilib, sudning yakuniy qaroriga ko`ra, 
A.A. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismida (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo`lmagan shaxs tomonidan transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta`siridan yoki o`zgacha mast holda boshqarish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ushbu modda bilan unga 15 (o`n besh) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Jazo o`tash muddati 2020 yil 31 yanvar kunidan hisoblanib, undan qamoqda saqlash uchun sarflangan harajatlar hisobidan 501.750 so`m davlat foydasiga undirish belgilandi.

Gastrolga borgandek o`zini his qilgan haydovchi-ichuvchi qilmishida huquqbuzarlik tarkibining mavjudligini anglaganligini maxsus qamoq uyida jazoni o`tash davrida tushunib etadi degan umiddamiz.

 

    Boshqa yangiliklar